Navbatdagi siyosiy-ma’rifat o‘quv soati bo‘lib o‘tdi
Bugun Nurobod tumani hokimlik apparati xodimlari haftaning har juma kuni tashkil etilib kelinayotgan navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati"da ishtirok etishdi.
O'quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:
O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti;
“Mahalladan gapiramiz” rukni;
"M-dayjest" rukni;
“Mutolaa vaqti” rukni;
“Msayohat” rukni.
Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTube (https://www.youtube.com/watch?v=12r5-z4isSY)dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.