Navbatdagi sayyor qabul Lolazor mahallasida bo'lib o'tdi
Aholi murojaatlariga ijobiy yechim topish, ularni qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish maqsadlarida Nurobod tumani bo'ylab muntazam ravishda sayyor qabullar o'tkazib kelinmoqda.
Ana shunday sayyor qabullardan biri bugun Nurobod tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A.Otamuradov rahbarligida tumanning olis hududlaridan biri bo'lmish Lolazor mahallasida bo'lib o'tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, kadastr, aliment, bandlikni ta'minlash va boshqa bir qator mavzulardagi 20 ga yaqin murojaatlar yo'llandi.
Sektor rahbari tomonidan bir qator murojaatlar yuzasidan kerakli huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilgan bo'lsa, muddattalab murojaatlar ijrosi tegishli tashkilotlar mas'ullari zimmasiga yuklatildi.