insurez
15-12-2025 13:04

Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimi M.Buranov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, mas’ul mutasaddilar hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yer ajratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aliment undirish, chiqindixonalarni tartibga keltirish hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan atroflicha muhokama qilinib, mas’ul rahbar va mutasaddilarga aniq topshiriq va vazifalar berildi. 

Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli ijrochilar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -