insurez
23-12-2024 12:43

Navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida haftaning har dushanba kunlari muntazam tashkil etib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda hokim o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, tabiiy gaz, toza ichimlik suvi, ichki yo'llar ta'miri, obodonlashtirish, tibbiyot, ijtimoiy himoya daftarlari doirasida amaliy ko‘mak va boshqa turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan 20 ga yaqin murojaatlar yo‘llandi.

Yakunda murojaatlarning qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan mas’ullarga kerakli tavsiya va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
 

Teglar
- -