Munosabat
Viloyat hokimligi axborot xizmati so‘rovida bir necha yil oldin sel suvlari yuvib ketgan Nurobod tumanining Bunyodkor mahallasidagi ko‘prikning qayta ta’mirlanmayotganligi to‘g‘risidagi aholi murojaatlari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Nurobod tumani Bunyodkor mahallasi hududida joriy yilning bahor mavsumida kuchli sel suvlari kelishi oqibatida, aholining qatnov qismidagi ko‘prik ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi.
Bugungi kunda ushbu ta’mirtalab ko‘prik tuman hokimligi, tegishli mutasaddi tashkilotlar, homiylik va hashar yo‘li bilan qayta ta’mirlanib, ko‘prikdan aholining qatnovi to‘liq yo‘lga qo‘yilganligini ma'lum qilamiz.