18-04-2025 11:46
Milliylik va shifokorlik — uyg‘unlikda
Nurobod tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Cho‘nqaymish oilaviy shifokorlik punkti xodimlari milliy liboslar chellenjida faol ishtirok etib, bemorlarga milliy kiyimlarda xizmat ko‘rsatishmoqda.
Bu tashabbus orqali ular sog‘liqni saqlash bilan birga, milliy qadriyatlarimizni asrash va targ‘ib qilishga ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.