Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko’zgusi
Milliy qadriyatlar — bu millatning tarixiy, madaniy, ijtimoiy tajribalariga asoslangan, o’sha millatga xos bo’lgan umumiy an'analar, urf-odatlar, me’yorlar tizimidir. Milliy qadriyatlarda har bir xalqning o’ziga xosligi, ruhiyati va jamiyatdagi tartib namoyon bo'ladi.
Bugun Nurobod tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko’zgusi ” mavzusida tabdir o’tkazildi.
Unda milliy qadriyatlar, milliy liboslar xalqning ma’naviy va madaniy rivojlanishida muhim rol o’ynashi, jamiyatning kelajagi yo'lida naqadar zarur o'rin tutishi alohida ta'kidlandi.