insurez
31-01-2025 18:05

Milliy qadriyatlar – bebaho boyligimiz


Qadriyatlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi.
 

Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz butun millatning ma’naviy qiyofasini o‘zida namoyon etadi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
 

Ayol-qizlarimizning milliy ruhda kiyinishi esa millatimizga, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat ifodasidir.
 

Ana shu ezgu maqsadlarni ko'zlagan holda Nurobod tumanida ham oila va xotin-qizlar bo'limi, tuman Nuroniylar uyushmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurobod tuman bo'linmasi hamda mahalla faollari hamkorligida aholi va yoshlar o'rtasida milliyligimizni targ'ib etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy targ'ibot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda.
 

Jumladan, bugun tumanning 61-umumta'lim maktabida "Milliy libos – millat qiyofasi" mavzusida madaniy tadbir bo'lib o'tdi.
 

Unda maktab o'qituvchi va o'quvchilari hamda faollar ishtirokida milliy liboslarimiz namoyishi va targ'iboti o'tkazildi.
 

Milliy qadriyatlarimizni ulug'lash, yosh avlodda ularga nisbatan qiziqish va hurmatni oshirishga qaratilgan bu kabi ezgulik tadbirlari tumanimiz bo'ylab davom etmoqda...

Teglar
- -