insurez
06-02-2025 18:13

Milliy libos — millat ko'zgusi


Avval xabar berganimizdek, Nurobod tumanida "Dunyoga tanitgan – milliy libosim!" nomi ostida chellenj o'tkazilmoqda.

 

Ushbu chellenj tumanimiz aholisi orasida milliyligimizni, sof o'zbekona liboslarimizni keng targ'ib etishga qaratilgan bo'lib, unda tumandagi barcha soha vakillari faol ishtirok etishmoqda.

 

Jumladan, bugun tumandagi 2-umumta'lim maktabining o'quvchi va o'qituvchilari ham chellenjda faollik ko'rsatib, milliy liboslarimiz targ'ibotiga munosib hissa qo'shishdi.

 

O'tkazilayotgan bu kabi ezgu tadbirlar yosh avlodning milliy liboslarimiz, qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishlariga xizmat qilishi, shubhasiz.

Teglar
- -