insurez
04-03-2025 18:23

Mehnatkashliklarning muammo va murojaatlari tinglandi


Bugun Nurobod tumanining Mehnatkash mahallasida tuman hokimi M.Buranov ishtirokida hudud aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabulda fuqarolar va yoshlar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, yechimini kutayotgan masalalalar yuzasidan  murojaat va takliflarini yo‘llashdi.

Fuqarolar tomonidan jami 30 dan ortiq murojaatlar yo‘llanib, ularning aksariyati uy-joy, kadastr, tibbiyot, imtiyozli kreditlar, subsidiya, elektr energiyasi, ichki yo‘llar ta’miri va turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan kelib tushdi.

Bir qator muammo va takliflar shu yerning o‘zidayoq yechimini topgan bo‘lsa, ijrosi ma'lum vaqt va batafsil o‘rganish talab etadigan murojaatlarning ijobiy hal etilishi  yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Xalq roziligi, turmush farovonligini ta'minlash, aholi og'irini yengil qilishga qaratilgan bu kabi sayyor qabullar, xalq bilan muloqotlar hududlarda muntazam davom ettirilishi rejalashtirilgan...
 

Teglar
- -