Mehnatkash mahallasining ekoturizm salohiyati: imkoniyatlar va istiqbolli rejalar
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov, viloyat va tuman mas’ullari tumanning olis Mehnatkash mahallasida bo‘lib, hududning ichki va tashqi ekoturizm salohiyati, bu boradagi istiqbolli rejalar bilan yaqindan tanishdi.
Mehnatkash mahallasidagi mavjud ekoturizm imkoniyatlari, hududning tabiiy manzaralari va mavjud infratuzilma holati o‘rganildi.
Shuningdek, mahalliy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan turizm loyihalari bilan tanishilib, ekoturizm va ziyorat turizmi yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi turistik obyektlar qurish, mavjud yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, xizmatlar ko'rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, dam olish maskanlari va uy mehmonxonalari sonini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Ushbu tashabbus va loyihalar mahalliy aholining bandligi ta'minlashi, sohaning daromad manbaiga aylanishi hamda aholi turmush farovonligi oshishiga xizmat qilishi, shubhasiz.