Mehnat yarmarkasi — ish beruvchi va ishsiz fuqarolar o‘rtasidagi muloqot maydoni
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazi binosida fuqarolarning bandligini taʼminlash, mehnat bozorida mavjud imkoniyatlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda aholining faolligini oshirish maqsadida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda tumandagi korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari, xususiy sektor vakillari va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim qilib, fuqaro va ish beruvchi o‘rtasida ochiq muloqot uchun qulay sharoit yaratildi.
Yarmarka davomida turli yo‘nalishlarda bo‘sh ish o‘rinlari ro‘yxati, boshlang‘ich kasblar, xotin-qizlar uchun mos ish turlari, mehnat migratsiyasi bo‘yicha xorijda ishlash imkoniyatlari hamda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatlar berildi.
Ish izlayotgan fuqarolar, xotin-qizlar, yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari o‘zlari qiziqqan ish joylariga bevosita murojaat qilish, shart-sharoitlari bilan tanishish hamda tegishli yo‘llanmalarni olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Yarmarkaning asosiy maqsadi — ish beruvchilar va ish qidirayotgan fuqarolar orasida bevosita muloqot yaratish, bandlik masalalarida ochiqlikni taʼminlash, odamlarni rasmiy mehnat bozoriga jalb etish, yoshlarni kasbga yo‘naltirish hamda oilaviy farovonlikni mustahkamlashdir.




