Mavjud imkoniyatlarni to'liq ishga solgan holda mahalliy sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish mavzusida brifing bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining o‘rinbosari – tuman investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i G'.Ne'matov ishtirokida "Mavjud imkoniyatlarni to'liq ishga solgan holda mahalliy sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish" mavzusida brifing o'tkazildi.
G'.Ne'matovning so'zlariga ko'ra:
Nurobod tumanida eksport ko‘rsatkichlari 2518,0 ming dollarga (1456,0 ming. dollar sanoat mahsulotlarini hamda 1061,0 ming. dollar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) yoki o‘tgan yilga nisbatan 150 foizga oshirish vazifasi belgilab berilgan.
Shundan, joriy yilning yanvar-mart oylari uchun 629,0 mln. dollar eksport prognoz ko‘rsatkichlari belgilangan bo‘lib, amalda 920,5 ming dollar qiymatidagi mahsulotlar eksportga chiqarilib, belgilangan prognoz 146,3 foizga yoki 291 ming dollarga ko‘p (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 398% yoki 689 ming dollarga ko‘p) bajarildi.
Shundan, sanoat mahsulotlari eksporti 164,0 ming dollar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 756,5 mln. dollarni tashkil etdi.
"MUSLIMA SIFATLI XIZMATLI" MCHJ - 336,0 ming dollar,
"ABBOS QAXXOR BOGZORI" MCHJ - 357,0 ming dollar,
"TESPACK INVESTMENT" MCHJ - 92,0 ming dollar,
"OIL EXTRACTION" MCHJ QK - 92,0 ming dollar miqdorida sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.
Shuningdek, "SCHELKOVO AGROHIM-O`ZBEKISTON" MCHJ QK tomonidan Turkmaniston davlatiga joriy yilda 7000,0 ming dollarlik O‘simliklarni himoyalash kimyoviy vositalarini eksport qilish bo‘yicha shartnomalar imzolanib, shundan 1500,0 ming dollarlik mahsulotlarni eksportga chiqarish hujjatlari bojxona tomonidan rasmiylashtirish ishlari boshlangan.
Bundan tashqari "OIL EXTRACTION" MCHJ QK tomonidan Qirg‘iziston davlatiga 500,0 dollarlik PET kapsulalarni eksport qilish bo‘yicha shartnomalarni imzolashga erishildi.
Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo'llangan savollarga G'.Ne'matov tomonidan batafsil javoblar berildi.