Matbuot anjumani tashkil etildi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining 1-o'rinbosari R.Ibragimov va mas'ullar ishtirokida "Mahallalarda kambag'allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi ta'minlash borasida 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar va navbatdagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani o'tkazildi.
R.Ibragimovning so'zlariga ko'ra:
"2025-yilda har bir mahallada o‘rtacha 40 tadan, tuman bo‘yicha 1560 ta mikroloyihalar amalga oshirishga 23,4 mlrd.so‘m kreditlar ajratiladi va 3120 ta ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
1-chorakda tumanda 110 ta 1,65 mlrd.so‘mlik mikroloyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan (220 ta ish o‘rin).
Joriy yil yanvar-mart oylarida 463 ta mikroloyihalarga 8,0 mlrd.so‘m kreditlar ajratildi (935 ta ish o‘rni).
Shundan, sanoat yo‘nalishida 1,7 mln so‘mlik 54 ta mikroloyihalar, 16,3 mlrd. so‘mlik 363 ta qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida, 1,8 mlrd. so‘mlik 46 ta xizmat ko‘rsatishdagi loyihalar ishga tushrilgan.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi hamda tashkilot rahbarlariga alohida yig‘ilish o‘tkazilib, rahbarlarga biriktirilgan oilalar bilan manzilli ishlarni olib borish va olti oy mobaynida ushbu oilalarni kambag‘allikdan olib chiqish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
“Kambag‘al oilalar” reestri shakllandi. Bugungi kunda tumanning mazkur reestrida 2253 nafar kambag‘al oila va ulardagi 9709 nafar aholi mavjud. Tumandagi eng og‘ir toifadagi 585 ta kambag‘al oilalarga 117 nafar tashkilot va boshqa rahbarlari biriktirilgan.
Bugungi kunda “Onlayn mahalla” platformasida hokim yordamchilari yo‘nalishida 504 ta oilaga xizmat ko‘rsatilgan. Jumladan 152 nafari doimiy ishlarga jalb qilingan, 18 nafariga imtiyozli kreditlar, 2 nafariga subsidiyalar, 4 nafari tadbirkorlikka jalb qilingan va 451 nafari turli yo‘nalishlarda homiylar tomonidan amaliy yordam berish orqali o‘zini-o‘zi band qilgan. 2367 nafariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilgan. Jumladan:
11 nafar oilaning farzandlarini to'garaklarga jalb etildi, 1 nafari bog‘chaga, 13 nafari kasb hunarga, o'qitishga jalb etildi; 11 nafariga kadastr xizmatlari, 12 nafariga bepul dori-darmon va tibbiy ko‘rik, 6 nafariga davolanish uchun order, 4 nafariga nogiron farzandlari uchun parta, 291 nafar oila farzandalari uchun o'quv qurollari va kitoblar, 14 nafariga sport jihozlari, 7 nafariga uy-joy ta’miri uchun qurilish materiallari olib berildi.
2025-yilda mobaynida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli "2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga asosan, 2025-yilda 9089 ta yangi ish o‘rinlari yaratish va 1930 ta oilani (8845 nafar) kambag‘allikdan chiqarish prognoz rejalari tasdiqlangan. Jumladan, investitsiya loyihalari hisobiga 1191 nafar banklar tomonidan 6344 nafar, qishloq xo‘jaligida 1288 nafar, qurilish yo‘nalishida 266 nafar aholi doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band qilinishi oylar va mahallalar kesimida taqsimot qilindi. Joriy yilning 1-choragida aholi bandligi rejasi 832 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, amalda 1940 nafar aholi bandligi ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda kam ta’minlangan oilalarning ulushi yuqori, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda infratuzilma bilan ta’minlanish darajasi past bo‘lgan eng og‘ir ahvoldagi 8 ta — Arabota, Sahoba, O‘rtabuz, Buloqboshi, Nurdum, Ittifoq, Jom va Do‘stlik mahallalari tanlab olindi.
Ularga Respublika darajasidagi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi v.v.b Sultonov Mirmuhsin Mirsodiq o‘g‘li hamda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi v.v.b Sultanov Akbar Anvardjanovichlar biriktirilgan.
8 ta mahallada jamoatchilik va mahallaning yettiligi bilan loyihalar ishlab chiqildi. Tuman hokimligi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi va mahalla raislari bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi. Annotatsiyalar yozildi, obyektlarning joylashuv xaritalari ishlab chiqildi.
Mutaxassislarning o‘rganishi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqilishi bilan dastlab 8 ta mahallada mavjud aholi tomorqalarini sug‘orishni tashkil etish masalasi Xalq deputatlari tuman Kengashi muhokamasiga kiritilib, 2024-yil 27-dekabrdagi VII-3-019-7-99-K/24 sonli qarori bilan tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 2 ta nasos o‘rnatish uchun 300,0 mln. so‘m, 14 dona artezian quduq qazish uchun 10640,0 mln so‘m, 38 km tarmoq tortish uchun 5700,0 mln. so‘m, 6 km. yirik quvur (lotok) qurish uchun 1800 mlrd. so‘m, jami 18440,0 mlrd so‘m mablag‘lar ajratish orqali 2582 ta xonadonning tomorqasini suv bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Ajratilgan limitga asosan qolgan summaga 2-bosqichda, elektr ta’minoti, internet, yo‘l bo‘yicha takliflar joylardan olinganda, faqatgina elektr ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Taklif Xalq deputatlari tuman Kengashining muhokamasiga kiritilib, 2025-yil 5-martdagi VII-7-31-7-99-K/25 - sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 8 ta mahallaga 20 ta transformator o‘rnatish uchun 1098,0 mln. so‘m, 2929,5 mln. so‘mlik 18,9 km 0,4 kVtli, 1532,5 mln. so‘mlik 16,5 km 6-10 kVtli uzatish tarmog‘ini tortish rejalashtirildi.
Bugungi kunda, ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun “Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi buyurtmachi etib belgilangan. Ayni vaqtda jami 8 ta mahalladagi 10 ta obyektda ishlar boshlangan:
1. Arabota MFYda "SOXRAT OBI HAYOT" MCHJ (boshliq Raximov Suxrob 99-771-31-33) tomonidan 1 ta quduq va 4.2 km tarmoq tortish ishlari boshlangan bo‘lib, ishlar 65 foizga bajarilgan, tender summasining 1048 mln. so‘mdan 30 foizi moliyalashtirilib berilgan. Quduqni burg‘ulash ishlari tugagan. Transheya kavlash ishlari yakunlandi, quvurlar olib kelindi va tarmoq yotqizilmoqda, tayanch ustunlari o‘rnatildi. Rezervuar qazish ishlari boshlandi. Binoda qurilish ishlari olib borilmoqda. 13 ta ishchi ishlamoqda.
2. Sahoba MFYda "SOXRAT OBI HAYOT" MCHJ (boshliq Raximov Suxrob 99-771-31-33) tomonidan 2 ta quduq va 7.1 km tarmoq tortish ishlari boshlangan bo‘lib, ishlar 65 foizga bajarilgan, tender summasining 1865 mln. so‘mdan 30 foizi moliyalashtirilib berilgan. Tarmoq tortish ishlari yakunland, 1-quduq burg‘ulash ishlari tugagan, nasos o‘rnatildi. 2 quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi. Rezervuar qurish ishlari olib borilmoqda, tp hamda temir beton ustunlari o‘rnatilib tarmoqga ulandi. Binolarda qurilish ishlari olib borilmoqda. 22 ta ishchi ishlamoqda.
3. O‘rtabuz MFYda "XASAN HUSAN" MCHJ" (boshliq Beknazarov Feruz 99-316-87-26) tomonidan 1 ta quduq va 2.4 km tarmoq tortish ishlari boshlangan bo‘lib, ishlar 70 foizga bajarilgan, tender summasining 916 mln. so‘mdan 59 foizi moliyalashtirilib berilgan. Tarmoq tortish ishlari yakunlandi. TP tayanch ustunlar olib kelingan burg‘ulash ishlari yakunlangan. Rezervuarda, binoda qurilish hamda atrofini o‘rash ishlari olib borilmoqda. 9 ta ishchi ishlamoqda.
4. Buloqboshi MFYda "OQ OLTIN" XK (boshliq Karimqulov Fazliddin 91-526-48-85) tomonidan 2 ta quduq va 6.0 km tarmoq tortish ishlari boshlangan bo‘lib, ishlar 60 foizga bajarilgan, tender summasining 1914,0 mln. so‘mdan 59 foizi moliyalashtirilib berilgan. 1 ta quduqda burg‘ulash ishlari yakunlanib, 5 km transhiya kovlangan tarmoq tortildi Rezervuarda qurilish ishlari olib borilmoqda TP tayanch ustunlar o‘rnatilgan. 16 ta ishchi ishlamoqda.
5. Nurdum MFYda “NURBULOQ UNIVERSAL XIZMAT” MCHJ (boshliq Mamatov Elyor 95-330-27-07) tomonidan 1 ta quduq va 1.8 km tarmoq tortish ishlari boshlangan bo‘lib, ishlar 65 foizga bajarilgan, tender summasining 970,0 mln. so‘mdan 59 foizi moliyalashtirilib berilgan. Burg‘ulash ishlari tugatilgan. Tarmoq tortish ishlari yakunlandi, rezervuar qurib bitkazilgan. TP tayanch ustunlar o‘rnatildi. Binolar qurilishi tugatilgan, ta’mirlanmoqda. 12 ta ishchi ishlamoqda.
6. Ittifoq MFYda “NUROBOD BAHO ISHONCHI" XK (boshliq Norboboyev Baxodir 93-228-46-38) tomonidan 1 ta quduq va 2,1 km tarmoq tortish ishlari boshlangan bo‘lib, ishlar 70 foizga bajarilgan, tender summasining 872,0 mln. so‘mdan 30 foizi moliyalashtirilib berilgan. Tarmoq tortish ishlari to‘liq yakunlandi. Quduqda burg‘ulash ishlari olib borilmoqda. Rezervuar qurish ishlari boshlangan. TP va temir beton ustunlari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 14 ta ishchi ishlamoqda.
7. Jom MFYda “TITAN STROY'' MCHJ (boshliq Narziyev Ne’mat 93-233-59-00) tomonidan 3 km va nasos stansiya qurish ishlari boshlangan bo‘lib, ishlar 50 foizga bajarilgan, tender summasining 2264,0 mln. so‘mdan 30 foizi moliyalashtirilib berilgan. Tarmoq tortish uchun transhiya qazish ishlari tugatilgan. Nasos o‘rnatish joylarida beton quyish ishlari olib borilmoqda, tarmoq yotqizish uchun quvurlar keltirildi. 14 ta ishchi ishlamoqda.
8. Do‘stlik MFYda "SOXRAT OBI HAYOT" MCHJ (boshliq Raximov Soxib 99-771-31-33) tomonidan 1 ta suv quduq va 2.1 km tarmoq tortish ishlari boshlangan bo‘lib, ishlar 15 foizga bajarilgan. Burg‘ulash ishlarida 5 ta ishchi ishlamoqda.
2025-yilda “Uychi tajribasi” asosida 18 ta uchrashuvlar o‘tkaziladi va 154 ta tadbirkorlarni qamrab olish orqali 613 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.
O‘tkazilgan uchrashuvlarda 252 ta tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishdi. Ular tomonidan 53 ta murojaatlar bildirilib, 1115 ta yangi ish o‘rinlari yaratish taklifi bildirildi. Bugungi kunga qadar 53 ta murojaat ijobiy hal etildi va 970 ta ish o‘rni yaratildi.
2025-yilda 1419 ta norasmiy band bo‘lgan fuqarolarning faoliyati legallashtiriladi. 2025-yilda jami 431 ta norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan aholi va hisobotlarda “0” va “1” ta ish o‘rni ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari legallashtiriladi.