Mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘lib, qonun ustuvorligiga, fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois mamlakatimizda ushbu illatni oldini olish va unga qarshi samarali kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishning mustahkam huquqiy asosi yaratildi. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, davlat organlari va mansabdor shaxslarning mas’uliyati aniq belgilab qo‘yildi. Shuningdek, sohadagi qonunchilik xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirilmoqda.
Mamlakatimizda maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilgani ushbu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Ushbu agentlik davlat organlari faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bilan shug‘ullanmoqda.
Davlat boshqaruvida raqamli texnologiyalarni joriy etish ham korrupsiyani kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Elektron davlat xizmatlari, ochiq ma’lumotlar portallari, elektron xaridlar tizimi inson omilini kamaytirib, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlamoqda. Natijada fuqarolar va tadbirkorlar davlat xizmatlaridan ortiqcha to‘siqlarsiz foydalanish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Shu bilan birga, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarining roli ham kuchaytirilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va jurnalistlar korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari ham izchil davom ettirilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar kompleks va tizimli xarakterga ega. Ushbu chora-tadbirlar jamiyatda adolat, qonun ustuvorligi va ochiqlikni ta’minlashga, shuningdek, barqaror taraqqiyotga xizmat qilmoqda.
S.U.Kuliyev,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudi raisi




