Mahallalarda tinchlik va osoyishtalik yo‘lida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son hamda “2026-yilda Respublika mahallalarida jinoyatchilikni barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2-son qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida tumanning Tepaqul mahallasi hududida keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar aholi o‘rtasida jamoat xavfsizligini mustahkamlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlashga qaratildi.
Profilaktik tadbirlar doirasida Nurobod tumani hokimi M.Buranov, tuman IIB boshlig‘i S.Sharipov, tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamda Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi.
Yo‘riqnoma davomida xizmatga jalb etilgan xodimlarga jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda profilaktik tadbirlarni tizimli va samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, mahalla hududida ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, aholi bilan manzilli ishlash va tezkorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur profilaktik tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.




