Mahalla obod bo‘lsa, yurt obod bo‘ladi!
O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan e’lon qilingan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” Respublika ko‘rik-tanlovi Nurobod tumanida qizg'in davom etmoqda.
Tanlov barcha mahallalarda bosqichma-bosqich o‘tkazilib, fuqarolar o‘rtasida obodonlik va jamoaviy faollikni yanada kuchaytirmoqda.
Ayni paytda tumanning barcha mahallalarida bo'lgani kabi Xalqobod, Sharq yulduzi, Navro‘z, Sazag‘on hamda Amir Temur mahallalarida tanlov davom etmoqda.
Baholashda mahalla faollari, nuroniy oqsoqollar, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari va ko‘cha boshilari ishtirok etib, xonadonlar va ko‘chalar holati, tozalik, obodonlik, yashash muhitining namunaviyligi bo‘yicha belgilangan mezonlarga muvofiq o‘rganishlar olib bormoqda.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — mahallalarning faolligini oshirish, fuqarolarning o‘z yashash joyiga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, obodonlashtirish ishlarida tashabbuskorlikni rag‘batlantirish, shuningdek mahallalarda o‘zaro hamjihatlik va mehnatsevarlik ruhini mustahkamlashdir.
Obod mahalla – obod yurtning poydevoridir!




