insurez
21-07-2025 20:38

“Mahalla ligasi”ning Nurobod bosqichi: sport va sog‘lom turmush sari


Nurobod tumanida 30 yoshdan oshgan aholining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yoshlarga o‘rnak bo‘lish maqsadida tashkil etilgan “Mahalla ligasi” mini-futbol musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada tumanning turli mahallalarida istiqomat qiluvchi 30 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar faol ishtirok etishdi. Mahallalarda sog‘lom jamoaviy ruhni mustahkamlovchi ushbu bellashuvlarda fuqarolar katta ishtiyoq bilan maydonga tushib, sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etishdi.

Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, viloyat bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo‘lga kiritdi.

Teglar
- -