insurez
15-07-2025 12:17

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun malakali xizmat ko‘rsatuvchi himoya-qorovul itlari tayyorlash va sotib olish imkoniyati yaratildi!


Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan, himoya-qorovul ko‘nikmalariga ega bo‘lgan itlarni sotib olishlari mumkin

Samarqand viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘limi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovul ko‘nikmalariga tayyorlash bo‘yicha pulli xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda ushbu xizmat orqali jismoniy va yuridik shaxslar o‘zlariga tegishli bo‘lgan itlarni bo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovul ko‘nikmalariga tayyorlash uchun Samarqand tumani Konigil mahallasida joylashgan Samarqand viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

Endilikda jismoniy va yuridik shaxslar malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan, ko‘plab jinoyatlarni ochishda ishtirok etgan va himoya-qorovul ko‘nikmalariga ega bo‘lgan itlarni sotib olishlari mumkin.

Saydullayev Davron Shokir o'g'li, 
Mamirov Asror Eshpo'latovich
Samarqand viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo'limi 3-guruh kinologlari.

Murojaat uchun telefon: +998932817931, +998933477474

Nurobod tumani hokimligi Axborot xizmati
 

Teglar
- -