Jinoyatga jazo muqarrar
Hayotda kechayotgan voqea-hodisalar uchun qismat emas, har kimning o‘zi sababchidir. Zotan kimdir ezgulik ortidan ergashib, baxt manziliga yetsa, yana kimdir gumrohligidan, fikri ojizligidan o'z taqdiriga o‘zi qora chiziq tortadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudi binosida bo'lib o'tgan ochiq sud majlisida ana shunday jinoyatlardan birini sodir etgan fuqaroga odil sud hukmi o'qildi.
Xususan, ayblanuvchi fuqaro N.K joriy yilning 29-mart sanasida o'z farzandini 14500 AQSh dollariga sotmoqchi bo'lgan vaqtida JQB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Yakunda ayblanuvchi N.K ga O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi hamda unga nisbatan JK ning 57-moddasi qo'llanilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Yurtimizda hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi. Zero Qonunning qo‘li uzun, nigohlari o‘tkir. Uning nazaridan, qat’iy talabidan, qolaversa jazodan aslo qochib qutilib bo‘lmaydi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining raisi J.Arslanov