Jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining raisi Jahongir Arslonov Oliy sudning qimmatbaho estalik sovg‘asi bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy sud sudyalari va xodimlari, videokonferensaloqa vositasida viloyat, tumanlararo, tuman va shahar sudlari sudyalari va xodimlari hamda mehmonlar ishtirok etishdi.
Tantanali tadbirda bir guruh sudya va sud xodimlari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlar orasida jinoyat ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudining raisi Jahongir Arslonov Oliy sudning qimmatbaho estalik sovg‘asi bilan taqdirlangani quvonarlidir.
Shuningdek, bir guruh sudya va sud xodimlari viloyat sudi raisining “Faxriy yorlig‘i” hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.