insurez
07-11-2024 14:49

Jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar mavzusida brifing o‘tkazildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xujamiyarov Sirojiddin Xushimovich ishtirokida tumanda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Jamoat tartibini saqlash xizmati rahbariyatining topshirig‘iga asosan Nurobod tumanida Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmalarining Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan, jamoat tartibini saqlash fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish doirasida keng ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, hududlarda fuqarolar, o‘smir yoshlar o‘rtasida o‘tkir tig‘li kesuvchi, sanchuvchi hamda boshqa inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan buyumlar bilan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida, “Tig‘” va “Qurol” profilaktik tadbirlari olib borilib, tungi vaqtda ko‘cha va jamoat joylarida bemaqsad yurgan hamda qonunga zid ravishda har xil turdagi giyohvandlik moddalari va psixotrop dori vositalari hamda pirotexnika vositalarini olib yurgan fuqarolar aniqlanib, belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida hamkorlik olib borayotgan ta’lim muassasalari, korxona va tashkilot qorovullarining tungi vaqtdagi xizmat faoliyati o‘rganilib, ogohlikni oshirish yuzasidan alohida ko‘rsatma va topshiriqlar berilmoqda.

Shuningdek, aholi orasida sanitariya-epidemiologik va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, go‘sht va sut hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining tashilishi va sotilishida veterinariya-sanitariya normalari qoidalariga amal qilinishi yuzasidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda dehqon bozorlarida nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazilib, qonunbuzar fuqarolarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, xodimlar tomonidan jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan bir qatorda, ko‘cha va jamoat joylarida, mahallalar, ta’lim muassasalari, korxona-tashkilot, savdo do‘konlari, bozorlar hamda YPX maskanlarida fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, ogohlikka chorlovchi bukletlar tarqatilmoqda.

  Tumanda 2024-yilning o‘tgan 11 oyi davomida ma’daniy-ommaviy tadbirlar 135 tani tashkil etib, ularda  qatnashgan fuqarolar 436 354 nafarni, jamoat tartibini saqlagan xodimlar 645 tani tashkil qiladi.

Teglar
- -