insurez
26-05-2025 12:24

🎓Ilmli ayol — jamiyat, millat tarbiyachisi


Nurobod tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi va Navoiy innovatsiyalar universiteti hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun muhim ijtimoiy tashabbus amalga oshirilmoqda.
 

🎓Xususan, universitet tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari bo'lgan xotin-qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning bilim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus imtiyozli vaucher tizimi joriy qilindi.
 

Ushbu tashabbusga ko‘ra, universitetda tahsil olish istagidagi xotin-qizlar uchun (ta’lim shakli va yo‘nalishidan qat’i nazar) bakalavriat bosqichini to‘liq yakunlaguniga qadar o‘quv shartnoma to‘lovi uchun 10 foizlik chegirma beruvchi vaucher taqdim etiladi.
 

Mazkur ijtimoiy loyiha xotin-qizlarning ta’lim olish huquqini kengaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, yuqori malakali kadrlar safini to‘ldirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

🎓Vaucherni qo'lga kiritish va batafsil ma'lumot olishni istagan xotin-qizlar quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin:

 

☎️ +99888-263-50-50    📱 Telegram: @AI_mechanics

 

Online ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://niuedu.uz/uz/cv/?agent_id=63

Teglar
- -