Ilm va intilish bilan yuksak cho‘qqilar sari
Yurtimizda yosh avlodga zamonaviy bilim berish, ularning intellektual salohiyati va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning amaliy natijalari esa bugungi kunda ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlar orqali yaqqolnamoyon bo'lmoqda.
Nurobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limiga qarashli 10-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shohjahon Norqobulov ana shunday iqtidorli yoshlardan biridir.
Shohjahon joriy yilning 30-aprel sanasida ingliz tilidan xalqaro IELTS sertifikatini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi. Bu bilan u o‘zining chet tilini mukammal o‘zlashtirganini xalqaro miqyosda isbotladi.
Shuningdek, 20-mart kuni matematika fanidan milliy sertifikat imtihonida A darajasini qo‘lga kiritib, 100 foizlik yuqori natijani qayd etdi. Bu yutuqlar uning o‘z ustida tinimsiz ishlashi, ustozlari bergan saboq va ota-onasining doimiy qo‘llab-quvvatlovi natijasidir.
Eng quvonarlisi, Shohjahon yaqinda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib, muddatidan oldin talabalar safidan joy oldi.
Nurobod tumani hokimligi yosh o'quvchimiz Shohjahon Norqobulovni erishgan yuksak natijalari bilan tabriklab, unga kelgusdagio'qish faoliyatida, orzu-maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida ulkan zafarlar tilaydi!