Ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Nurobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ijtimoiy xodimlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud muammolar muhokama etildi.
Shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar, rejalar va rivojlanish yo‘nalishlari belgilab olindi.
Ochiq muloqot yakunida yil davomida o‘z faoliyati bilan yuqori natijalarga erishgan ijtimoiy xodimlar munosib rag‘batlantirilib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.
Mazkur ochiq muloqot ijtimoiy xodimlar o‘rtasida tajriba almashish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ijtimoiy xizmatlar tizimi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.




