Hushyorlik va ogohlik – davr talabi!
Nurobod tumanining Nurbuloq mahallasida sodir etilgan qoidabuzarlik(yo'l-transport hodisasi) tuman hokimi S.Berdiqulov, tuman IIB mas'ullari va mahalla aholisi ishtirokida o'tkazilgan tadbirda muhokama etildi.
Tadbirda sodir etilgan yo'l-transport hodisasini keltirib chiqargan sabab va omillar, uning mudhish oqibatlari to'g'risida so'z yuritilib, bunday holatlar takrorlanishining oldini olish yuzasidan tegishli tashkilot vakillariga zarur topshiriq va vazifalar belgilandi.
Aziz yurtdoshlar!
Yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qiling, o'zingiz va o'zgalar hayotini aslo xavf ostiga qo'ymang!