insurez
29-12-2025 17:19

Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan 2026-yil Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

Shu bilan birga, Muhtaram Prezidentimiz farmonlari bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari — 2025-yil 31-dekabrdan 2026-yil 4-yanvargacha bo‘lgan davrda elektr energiyasi ta’minotida qarzdorlik sababli uzilishlar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida iste’molchilardan foydalanilgan elektr energiyasi uchun oldindan to‘lovlarni amalga oshirish so‘raladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali elektr energiyasi uchun qulay va tezkor tarzda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, iste’molchilardan elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilish, nosoz va nostandart elektr qurilmalaridan foydalanmaslik so‘raladi.
Bu nafaqat elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlaydi, balki turli nosozlik va favqulodda holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) joriy etilgan bo‘lib, mazkur tizim orqali qarzdor iste’molchilar elektr tarmog‘idan avtomatik tarzda ajratiladi.

Teglar
- -