insurez
31-07-2025 15:48

Hunar insonni ulug‘laydi: Nurobodda xotin-qizlar qo‘l mehnati ko‘rgazmasi tashkil etildi


Bugun Nurobod tumani 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Hunar insonni ulug‘laydi” shiori ostida ko‘rgazma tashkil etildi. Mazkur tadbir tuman xotin-qizlarining milliy hunarmandchilikdagi salohiyatini namoyon etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va daromad manbalarini kengaytirishga xizmat qildi. 

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – tumandagi xotin-qizlarning hunarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, ularning bandligini ta’minlash va "ustoz-shogird" an’analari asosida milliy hunarmandchilik san’atini avlodlarga yetkazishdan iborat bo‘ldi.

Ko‘rgazmada ishtirok etgan hunarmand ayollar milliy liboslar, gilamlar, kashtachilik, chevarchilik mahsulotlari va milliy taqinchoqlar orqali o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbir davomida “Nurobod gullari” laparchilar ansambli hamda tuman madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bayramona kayfiyat ulashdi.

Teglar
- -