insurez
28-01-2025 15:31

Hududlarda obod qishloq va obod mahalla dasturlari doirasida olib borilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi


Bugun Nurobod tuman hokimligida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Ibodullayev va soha mas’ullari ishtirokida “Hududlarda obod qishloq va obod mahalla dasturlari doirasida olib borilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
 

M.Ibodullayevning so'zlariga ko'ra:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi                                 “2025-2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi     PQ-454-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Nurobod tumanida 4 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta “Damxuja-Nurobod” suv tarmog‘i, 1 ta EIZ yo‘llarni ta’mirlash va 1 ta qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Jumladan:
1. Boshquduq MFYdagi 6-son maktabga 180 o‘rinli bino qurish.


2. Jom MFYdagi 23-son maktabga 180 o‘rinli bino qurish.


3. Chorvador MFYdagi 29-son maktabga 180 o‘rinli bino qurish.


4. Arabota MFYdagi 71-son maktabga 120 o‘rinli bino qurilishi bo‘yicha loyiha –smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.


5. Lolazor MFYda 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurish bo‘yicha loyiha –smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.


6. Nurobod tumanidagi "Nurobod-Damxo‘ja" suv saqlash inshootini rekonstruksiya qilish hamda Nurobod shahri Nurbuloq, Po‘latchi, Shurcha, Yuqsalish, Omonboy, Kechkeldik, Nurdum, Sharq Yulduzi, Achamayli, Yangiqishloq, Mash’al, Madaniyat, Sho‘robod va Qilichli aholi punktlari va sihatgohlar uchun ichimlik suv tizimlarni qurilishi bo‘yicha pudratchi "Yangi zamon bino" MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.


7. Urgut-2 SIZ Sazag‘on massivida yangi 1.5 km avtomobil yo‘llarni qurilishi bo‘yicha tendir savdolariga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi                      PQ-407-sonli “Samarqand viloyatida investisiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tumandagi “Oltinsoy” mahallasi hududidan 90-o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi qurilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Tumanda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va 2024-yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 10 ta taklif tashabbuskorlari, 13 mlrd. 600 mln.so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.

Jumladan:

1. Tumandagi “Sazag‘on” MFYdagi ta’mirtalab 3.4 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni pudratchi “Kattabek quruvchi” MCHJ tomonidan asfalt qoplamali yo‘llarga aylantirildi.


2. “Ag‘ron” va “Navbahor” MFYlar o‘rtasidagi asosiy 1.7 km uzunlikdagi yo‘llarni pudratchi “Me’mor qurilish asfalt” MCHJ tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.


3. “Jarquduq” MFY Jarquduq qishlog‘idagi 2.6 km uzunlikdagi ichki yo‘llarni pudratchi “Payariq ipagi” MCHJ tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.


4. “Qo‘rg‘oncha” MFY hududidagi 4N-632 “Sepki-Oltio‘g‘il” avtomobil yo‘lining 2.5 km uzunlikdagi qismi pudratchi “Zarkent omad trans” MCHJ tomonidan asfalt qoplamali yo‘llarga aylantirildi.


5. “Qo‘rg‘oncha” MFY Qo‘rg‘oncha qishlog‘i hududidagi 2.9 km uzunlikdagi yo‘llar pudratchi “Kar Dav Stroys” MCHJ tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.


6. “Tegirmonboshi” MFY hududidagi 3.0 km uzunlikdagi ichki yo‘llar pudratchi Me’mor qurilish asfalt” MCHJ tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.


7. “Oltinsoy” MFY Uzku qishlog‘i hududidagi 2.0 km uzunlikdagi yo‘llar pudratchi “Kattabek quruvchi” MCHJ tomonidan asfalt qoplamali yo‘llarga aylantirildi.


8. “Buloqboshi” MFY hududidagi 53-sonli maktab hududida pudratchi “Pardoz” MCHJ tomonidan sport maydonchalarini qurish ishlari olib borilmoqda.


9. “Mash’al” MFY hududidagi Markaziy shifoxona binosini ichki va tashqi fasad qismini pudratchi “Elnur stroy mantaj” MCHJ tomonidan foydalanishga tayyor holga keltirildi.


10. “Qo‘rg‘oncha” MFY hududidagi elektr ta’minotida transformator hamda temir beton ustunlarini o‘rnatish bo‘yicha pudratchi “Zarafshon vodiy maxsus qurilish” XK tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.
 

Tumanda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni tanlab olish va 2025-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”da shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, 12 ta taklif tashabbuskorlari, 17 mlrd 983 mln.so‘m mablag‘lar bilan g‘olib bo‘lishdi.

Jumladan:


- Qo‘rg‘oncha MFYda 2 ta loyiha yo‘llarni ta’mirlash.


- Navbahor MFY yo‘llarni ta’mirlash.


- Arabota MFY yo‘llarni ta’mirlash.


- Jarquduq MFY yo‘llarni ta’mirlash.


- Buloqboshi MFY qabristonni obodonlashtirish.


- Ag‘ron MFY yo‘llarni ta’mirlash.


- Jom MFYda 2 ta loyiha yo‘llarni ta’mirlash.


- Mash’al MFY Tuman Tibbiyot birlashmasiga qo‘shimcha bino qurish.


- Ulus MFY 3-maktab sobiq binosini ta’mirlash.


- Boshquduq MFY yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha bugungi kunda loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda. 

 

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga M.Ibodullayev tomonidan batafsil javoblar berildi.

Teglar
- -