insurez
29-01-2025 11:42

Hududga kiritilgan investitsiyalar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi


Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimining o‘rinbosari – tuman investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i G'.Ne'matov ishtirokida "Hududga qancha investitsiya kiritildi? Kelgusidagi rejalar qanday?" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.


Xorijiy investisiya loyihalari doirasida 2025-yil uchun jami xorijiy investisiyalar va kreditlarni o‘zlashtirilishi yuzasidan umumiy qiymati 108,1 mln dollar, shundan xorijiy investitsiyalar va kreditlar 80,0 mln dollar bo‘lgan 6 ta manzilli hamda qiymati 239,5 mln dollar bo‘lgan 9 ta istiqbolli loyihalar dasturi shakllantirilib, investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi belgilangan.
 

Jumladan:
 

- “Shtosh-khp group” MCHJ XK tomonidan toshni kesish, ishlov berish va pardozlashni tashkil etish qiymati 8,0 mln. dollar joriy yilda o‘zlashtirish 7,0 mln dollar;
 

- “Zhongguo daohu qiche zhizao” MCHJ XK tomonidan yuk mashinalari uchun tirkama ishlab chiqarishni tashkil etish qiymati 16,6 mln. dollar joriy yilda o‘zlashtirish 8,0 mln. dollar; 
 

- “Central Asia company” MCHJ tomonidan mikrokalsit va kvarsni qayta ishlash qiymati 10,5 mln. dollar miqdorida xorijiy investisiyalar va kreditlarni o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan. 
 

2024-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar va davlat kafolati ostida bo‘lmagan xorijiy kredit mablag‘lari ishtirokidagi jami 6 ta loyihalar hisobiga 25,8 mln. dollarlik investisiya mablag‘lari o‘zlashtirildi.


Misol uchun, “Zhongguo Daohu Qiche Zhizao” MCHJ XK tomonidan yuk mashinalari uchun tirkamalar ishlab chiqarishni tashkil etish 8,9 mln. dollar; 
 

"WUYUE MINING FIRM" MChJ XK – Kafel mahsulotlari uchun hom-ashyolar (ohaktosh va kvarsni) qayta ishlash 9,5 mln. dollar xorijiy investisiyalar va kreditlar o‘zlashtirilgan.
 

Matbuot anjumani yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan yo'llangan savollarga G'.Ne'matov tomonidan batafsil javoblar berildi.

Teglar
- -