Hokim qabuli: muammo bilan kelgan fuqaro yechim bilan qaytdi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari, shuningdek, murojaat bilan kelgan fuqarolar va yoshlar ishtirok etishdi.
Qabul davomida aholi tomonidan ijtimoiy himoya, tibbiy xizmatlar, bandlik masalalari, kadastr, gaz va ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, mahalliy yo‘llarni ta’mirlash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirilib, har bir masala mutasaddilar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari hamda “Yashil makon” dasturi doirasida yangi bog‘lar va yashil hududlar barpo etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Mazkur yo‘nalishlarda fuqarolarga amaliy tushuntirishlar berilib, istiqbolli loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Hokim qabuli aholining muammolarini tezkor va samarali hal etish, ularning turmush sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.




