28-07-2025 12:54
Hokim qabuli — ishonch ko‘prigi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman hokimi M.Buranov rahbarligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Unda ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kadastr, yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yer munosabatlari va boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.