insurez
30-05-2025 18:07

Hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


Bugun Nurobod tumani hokimligida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Nurobod tumani kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Nurobod tumani kengashi raisi T.Safarovning 2020-yil mayidan 2025-yil mayigacha bo‘lgan besh yillik faoliyati yuzasidan hisobot tinglandi. Shu bilan birga, tuman kengashining taftish komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Hisobotlar muhokamasidan so‘ng tuman kengashi raisini aniqlash bo'yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, T.Safarov delegatlar tomonidan yana kengash raisi etib saylandi.

Shuningdek, konferensiya davomida tuman kengashining yangi tarkibi, taftish komissiyasi a’zolari va Samarqand viloyat tashkiloti konferensiyasida ishtirok etadigan delegatlar saylab olindi.

Teglar
- -