insurez
18-04-2025 14:32

"Hazrati Dovud" ziyoratgohida zamonaviy sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi


Bugun Nurobod tumani prokurori J.Abdihakimov va mutasaddilar tumanning Oqsoy mahallasida joylashgan “Hazrati Dovud” ziyoratgohida bo‘lib, ziyoratgohning bugungi holati, mavjud infratuzilma va kelgusida rivojlantirish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.

Ziyoratgoh hududida xalqaro va mahalliy sayyohlar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, hududni raqamlashtirish, noqonuniy qurilishlarni oldini olish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-gigiyena holatiga alohida e'tibor qaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
 

Teglar
- -