Harbiy xizmatga hurmat – jamiyatga hurmat
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tuman Mudofaa ishlari bo‘limida bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan ishlar va tizim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tuman hokimiga bo‘lim faoliyati, chaqiruvga qadar yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlash samaradorligi, shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Tuman rahbari tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan uchrashib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi.
Tizimda alohida fidokorlik va mas’uliyat bilan ishlayotgan bir guruh xodimlar tuman hokimligining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tuman rahbari tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash va chaqiruvga qadar tayyorgarlik ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi.