insurez
02-08-2025 17:23

Har qarich yer – boylik manbai


Nurobod tumani Yoshlar ishlari bo‘limi va tuman Savdo-sanoat palatasi hamkorligida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda uy xo‘jaligi va tomorqalaridan unumli foydalanish bo‘yicha tajriba almashish maqsadida yoshlar yetakchilari va mutasaddi tashkilot vakillari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘lib turibdi.

Ushbu hududlarda tomorqalardan samarali foydalanish, uzum yetishtirish, uy sharoitida chorvachilik, issiqxona xo‘jaliklari, ko‘chat yetishtirish va boshqa yo‘nalishlardagi ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda.

Ushbu hududlardagi “Har qarich yer – boylik manbai” tamoyili doirasidagi loyihalar Nurobodlik yoshlar va mutasaddilarda katta qiziqish uyg‘otdi. 

Mazkur o'rganishlar nafaqat tajriba, balki kelajakda o‘z hududlarida ham turmush darajasini oshirishga qaratilgan loyihalarni boshlab berishga kuchli turtki bo‘lmoqda.

Teglar
- -