Har bir fuqaro taqdiri, murojaatlari doimiy e’tiborda
Bugun Nurobod tumanining Mehnatkash mahallasida aholi murojaatlarini tinglash va muammolarini yechishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda tuman hokimi S.Berdiqulov, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, mutasaddilar va hudud fuqarolari ishtirok etishdi.
Fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo'llar ta'miri, kadastr, bandlikni ta'minlash, tibbiyot va turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar yo'llandi.
Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, muammolar yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi hamda ijrosi mutasaddilar zimmasiga yuklatildi.