insurez
06-02-2025 16:00

Girdiqo'rg'on aholisining murojaat va takliflari tinglandi


Bugun Nurobod tumani prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimovnning sektor hududidagi Girdiqo'rg'on mahallasida sayyor qabuli o'tkazildi.

 

Unda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, tegishli mas'ullar, mahalla fuqarolari va yoshlari ishtirok etishdi.

 

Qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlar yo'llanib,  fuqarolarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, kadastr, soliq, kreditlar, tibbiyot kabi sohalar yuzasidan muammo va takliflari tinglandi.

 

Murojaatlarning qonuniy yechim topshi, qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.

 

Shuningdek, sektor rahbari mahalladagi nuroniylar, mehnat faxriylari, mahalla faollari bilan uchrashuv o'tkazib, unda hudud yoshlari ishtirokida jinoyatchilik holatlarining oldini olish, ularning sifatli ta'lim-tarbiya topishlari yo'lida hamkorlikda qilinadigan ishlar yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -