insurez
22-07-2025 09:31

G’allakor qishlog‘ida ochiq muloqot va yangi ko‘prikka tamal toshi qo‘yildi


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov mas’ullar ishtirokida tumanning Ulus mahallasi G’allakor qishlog’i aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida qishloqdagi mavjud masalalar — elektr energiyasi ta’minoti, gaz, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy soha kabi masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida qishloq hududiga kirib keluvchi asosiy yo‘l ustiga yangi ko‘prik qurish loyihasiga start berildi. 11 x 15 metr o‘lchamdagi, 1 milliard 700 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilayotgan ushbu ko‘prik aholining sel va suv toshqinlari paytida xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qishloq hayotini yanada yaxshilash va zamonaviy infratuzilma yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlar kelgusida ham izchil davom etishi ta’kidlandi.

Teglar
- -