Fuqarolar qabulida aholining murojaat, taklif va muammolari tinglandi
Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o'tkazildi.
Unda Xalq qabulxonasi, tuman hokimi o'rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar va yoshlar ishtirok etishdi.
Qabul davomida tabiiy gaz, kadastr, kredit, yer munosabatlari, tibbiyot, bandlikni ta'minlash va boshqa turli masalalar yuzasidan 40 dan ortiq murojaatlar yo'llandi.
Bir qator murojaatlar shu yerning o'zida ijobiy hal etilgan bo'lsa, batafsil o'rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar ijrosi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq va vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.