insurez
15-07-2024 12:11

Fuqarolar qabuli: murojaatlar o‘z yechimini topmoqda


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman fuqarolari uchun navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Fuqarolar qabulida Xalq Qabulxonasi, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari, fuqarolar va yoshlar ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan elektr, ichki yo‘llar ta’miri, bandlikni ta’minlash, aliment, tibbiyot, ta’lim krediti, ijtimoiy himoya daftarlari doirasida va boshqa turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaatlar yo‘llandi. Tuman rahbari har bir murojaatni batafsil tinglab, mas’ullarga muammolarni hal etish, qisqa fursatlarda ijobiy yechim topish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Teglar
- -