Fuqarolar qabuli: muammo va yechimlar
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi S.Berdiqulovning tuman aholisi va yoshlari uchun navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabulda Xalq qabulxonasi, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.
Qabulda elektr energiyasi, kadastr, ichimlik suvi, bandlik, tibbiyot, kadastr, yer, ijtimoiy himoya va turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan aholining 30 ga yaqin muammo va takliflari tinglandi.
Tuman rahbari tomonidan mas’ullarga murojaatlarni qisqa fursatlarda o‘rganib chiqib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Aholi og‘irini yengil qilish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish, shikoyat va takliflarini tinglash maqsadida o‘tkazilayotgan fuqarolar qabullari aholining og'irini yengil qilib, muammolariga yechim topilmoqda.