insurez
05-01-2026 12:11

Fuqarolar murojaatlari tinglandi


Bugun Nurobod tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazilib, unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan issiqlik ta’minoti va kommunal xizmatlarni yaxshilash, ichki yo‘llarni shag'allashtirish, kadastr, elektr energiyasi, gaz, bandlik masalalari, tibbiy xizmatdan foydalanish, ijtimoiy yordam olishda amaliy yordam hamda aliment undirish kabi dolzarb murojaatlar bildirildi.

Shuningdek, “Yashil makon” dasturi doirasida yangi bog‘lar barpo etish, o‘rmon xo‘jaligi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar ham ilgari surildi.

Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, masalalarni qonunchilik doirasida hal etish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Teglar
- -