insurez
26-08-2024 14:55

Fuqarolar murojaatlari doimo e’tiborda


Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida haftaning har dushanba kunlari muntazam tashkil etib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolardan elektr energiyasi, obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari,bank-kredit munosabatlari, bandlikni ta’minlash, tibbiyot, yoshlar daftari doirasida amaliy ko‘mak va boshqa turli moddiy yordamlar olish kabi masalalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaatlar yo‘llandi.

Yakunda murojaatlarning qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan mas’ullarga kerakli tavsiya va topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
 

Teglar
- -