Fuqarolar murojaatlari tinglandi
Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranovnig navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan kadastr, soliq, elektr energiya va gaz ta'minoti, tibbiy xizmat, ijtimoiy nafaqa, bandlik, yer, kredit va boshqa masalalarda murojaatlar bildirildi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullar ishtirokida ishchi guruh tuzilib, holatni qonuniy tartibda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mazkur qabul fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.