insurez
02-02-2026 14:05

Fuqarolar bilan ochiq muloqot — ustuvor vazifa


Bugun Nurobod tumani hokimi M.Buranov tomonidan Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar hamda yoshlar ishtirok etishdi.

Fuqarolar qabuli davomida aholi tomonidan bandlikni ta’minlash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minoti, ichimlik suvi, sog‘liqni saqlash, kadastr masalalari, aliment undirish, ijtimoiy va moddiy yordamlar hamda tadbirkorlikni boshlash kabi qator dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga aniq vazifalar berildi.

Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida hal etish va aholining roziligini ta’minlash — doimiy e’tiborda.
 

Teglar
- -