Esingizdami, oldin kredit olish uchun qancha ovoragarchilik bo‘lardi?
Bankka borish, hujjat yig‘ish, navbat kutish, xodimlarning “ertaga keling”, “hujjatingizda kamchilik bor” degan gaplari… Hatto oddiy maishiy kredit olish uchun ham tanish-bilish kerak bo‘lgan paytlar bo‘lgan. Hozirchi?
Hozir banklar 100 million so‘mgacha kreditni 5 daqiqada, onlayn tarzda, hech qanday inson omilisiz berayapti!
Ortiqcha hujjat talab qilinmayapti.
Bankka borish shart emas.
Telefondan ariza beriladi va mablag‘ darhol kartangizga tushadi.
Oldin bank xodimlari hujjat tekshirish bilan ovora bo‘lsa, hozir o‘zlari odamlarni izlab, kredit taklif qilishmoqda!
Eng qizig‘i, bu hammamiz uchun oddiy holatga aylandi. Holbuki, 5-10 yil oldin bunga ishonish qiyin edi.