Ekspress-trening bo'lib o'tdi
Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman soliq inspeksiyasi apparat xodimlari, sektor a’zolari hamda mahalladagi soliq inspektorlariga qisqa muddatli ekspress-trening bo'lib o'tdi.
Trening Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali, Davlat boshqaruvi akademiyasi viloyat filiali hamda viloyat Soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Seminar-trening davomida yangi tayinlangan rahbarni hududdagi mas’ullar – soliq inspeksiyasi boshqaruv xodimlari, mahalladagi soliq inspektorlari hamda sektor a’zolari bilan ishni samarali tashkil etish va natijadorlikka erishish, ular bilan jamoa shakllantira olish, odob-axloq qoidalari yuzasidan bilim va ko‘nikmalari rivojlantirildi.
Trening mashg‘ulotlari ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, ishtirokchilarning sohaviy bilim va ko'nikmalarini rivojlanishiga sabab bo'ldi.