“Dolzarb 90 kun” — yoshlarga mehr, ma’naviyat va iqtidorni yuksaltirish sari
Yoshlar tarbiyasi va ularning iste’dodini yuzaga chiqarish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda yurtimizda o‘tkazilayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari Nurobod tumanida ham keng miqyosda davom etmoqda.
Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, Barkamol avlod bolalar maktabi, sport va musiqa maktablarida mazkur tadbirlar uyushqoqlik bilan tashkil etilib, yoshlarda ma’naviy tarbiya, sog‘lom turmush tarziga intilish va iqtidorlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Tadbirlar davomida bolalar va yoshlar uchun qiziqarli tanlovlar, kitobxonlik bellashuvlari, sport musobaqalari, ijodiy chiqishlar va suhbatlar o‘tkazilib, ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi va Vatanga mehr-muhabbati yuksaltirilmoqda.