insurez
18-12-2024 19:15

"Dolzarb 50 kun" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida


Bugun Nurobod tumanida "Dolzarb 50 kun" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida tuman IIB, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar bo'limi, kommunal soha vakillaridan iborat shaxsiy tarkibiga tungi xizmat oldi yo'riqnomasi o'tkazilib, unda tuman prokurori, 2-sektor rahbari J.Abdihakimov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari M.Erkinov, tuman IIB boshlig'i o'rinbosari A. Ergashevlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida rahbarlar tomonidan qish mavsumini talafotlarsiz va turli ko'ngilsiz voqealardan xoli o'tkazish lozimligi alohida ta'kidlanib, tumanda jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini saqlash va mol-mulklari daxlsizligini ta'minlash borasida qilinishi zarur bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

Dastlab issiqlik manbai DUK dagi markaziy qozonxona faoliyati, isitish tizimlari holati ko'zdan kechirilib, qish mavsumini talafotlarsiz o'tkazish, aholini uzluksiz issiq suv ta'minoti bilan ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, soha mas'ullari “Nur sifat kommunal xizmati” boshqaruv servis kompaniyasi, tumangaz filiali va tibbiyot birlashmasida bo'lib, davolanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va isitish tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Elektr energiyasini behuda sarflash, tarmoqqa noqonuniy ulanishlar, is gazidan zaharlanish va nostandart isitish moslamalaridan foydalanish holatlarini oldini olish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.

Ayni vaqtda soha xodimlari el osoyishtaligi yo'lida hududlarda o’z xizmat vazifalarini olib bormoqdalar.
 

Teglar
- -